sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni" munosabati bilan spektakl namoyish etildi.
01
июнь
2026

1-iyun "Xalqaro bolalar kuni" munosabati bilan spektakl namoyish etildi.

Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatrida 1-iyun "Xalqaro bolalar kuni" munosabati bilan Qarshi shahridan tashrif buyurgan tomoshabinlar uchun “Ertaklar olamiga sayohat” nomli teatrlashtirilgan shou tomoshasi namoyish etildi. Mazkur tomosha yosh tomoshabinlarni ertaklar sehri va mo‘jizalarga boy olamga yetaklab, ularga unutilmas taassurotlar ulashdi. Sahna ko‘rinishlarida ertak qahramonlarining sarguzashtlari, qiziqarli voqealar hamda tarbiyaviy mazmundagi lavhalar mahorat bilan aks ettirildi.
Tomosha davomida bolajonlar sevimli qahramonlari bilan uchrashib, ularning quvonch va hayajonlariga sherik bo‘ldilar. Rang-barang dekoratsiyalar, musiqiy chiqishlar va aktyorlarning mahoratli ijrosi tadbirning yanada ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qildi. “Ertaklar olamiga sayohat” shou tomoshasi tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashib, bolalar qalbida ezgulik, do‘stlik va mehr-oqibat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.
Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil