04
июль
2026
2026-yil 3-chorak repertuar rejadan o'rin olgan "Dengiz devi" spektaklini taqdimoti bo'lib o'tdi.
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomonidan 3-chorak repertuar rejasiga muvofiq Aleksandr Belyayevning “Dengiz devi” asari Karomat Dilmonov tomonidan insenirovka qilinib, teatr bosh rejissyori Muhriddin To‘yliyev tomonidan sahnalashtirildi. Spektaklning tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Taqdimot jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining teatr va sirk san’atini rivojlantirish bosh mutaxassisi Husniddin Eshdavlatov hamda O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti qo‘g‘irchoq teatr kafedrasi dotsenti Fatxulla Hodjayevlar ishtirok etib, sahna asarini yuqori darajada e’tirof etdilar. Ular tomonidan spektakl badiiy jihatdan puxta ishlangani, rejissura yechimlari va ijro mahorati talab darajasida ekanligi alohida ta’kidlanib, asar premyera bosqichiga tavsiya etildi.
Mazkur ijobiy xulosalar asosida “Dengiz devi” spektakli tomoshabinlarga namoyish etish uchun ruxsat etilib, teatr repertuarining muhim yangiliklaridan biri sifatida e’tirof etildi.
