sayt adressini yozish
Ishonch telefonlari:
(0375) 221-00-73
(0375) 221-00-09
Imkoniyati
Cheklanganlar
UZ RU EN
» » Premyera
15
август
2026

Premyera

“Dengiz devi” — yangi sahna talqini tomoshabinlarga taqdim etildi.
Qashqadaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi tomonidan 2026-yilning 3-choragi uchun mo‘ljallangan navbatdagi yangi spektakl — Aleksandr Belyayev asari asosida, Karomat Dilmonov tomonidan insenirovka qilingan “Dengiz devi” spektakli sahnalashtirildi.
Mazkur sahna asari teatrning ijodiy izlanishlari, zamonaviy sahna yechimlari va badiiy yondashuvlar uyg‘unligida yaratildi. Spektakl rejissyori Muhriddin To‘yliyev, sahnalashtiruvchi rassomi esa Gullola To‘ychiyeva bo‘lib, ular tomonidan asarning g‘oyaviy mazmuni, qahramonlar xarakteri hamda sehrli teatr olami o‘ziga xos badiiy ifoda vositalari orqali namoyon etildi.
2026-yil 15-avgust kuni soat 17:00 da “Dengiz devi” spektaklining tantanali premyerasi bo‘lib o‘tdi. Premyera kuni teatr zalida bayramona kayfiyat hukm surib, tomoshabinlar yangi sahna asarini katta qiziqish va iliq taassurotlar bilan qarshi oldilar.

Teatr haqida
"QASHQADARYO VILOYATI QO'G'IRCHOQ TEATRI"

Manzil: Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Islom Karimov ko'chasi, 219-uy
Tel: (0375) 221-00-73, (0375) 221-00-09
В© 2019-yil